Yangiliklar
517

Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibori bilan chambarchas bog‘liq. 

Shu ma’noda, O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Xabaringiz bor, joriy yilning 30 iyun kuni “Agrobank” ATB Boshqaruvi raisi R. Mamatqulov tizimda faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazgan edi.

 Uchrashuvda yoshlarning fikr-mulohazalari, takliflari eshitilib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgandi.

Shunga ko‘ra bankning hududiy boshqarma rahbarlari tomonidan tizimdagi yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib kelinmoqda. 

Bugun bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i tizimdagi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazib, ularning fikr- mulohazalari va takliflari bilan yaqindan tanishdi.

Bu kabi uchrashuvlar bankning boshqa viloyat boshqarmalarida ham belgilangan jadval asosida o‘tkazilmoqda.