Yangiliklar
326

YIL SARHISOBI - XODIMLAR TAQDIRLANDI 

Tarix sahifasida yana bir yil ortada qolmoqda. O‘tayotgan 2020 yil pandemiya sabab jiddiy sinovlarga bo‘ldi.

Mana shu sinovli davrga qaramasdan yil davomida bank jamoasi ham xalqimiz turmush farovonligini oshirish va yurtimiz iqtisodiyotini yanada taraqqiy ettirishda keng ko‘lamli amaliy ishlarni olib bordi.

Joriy yilning 30 dekabr kuni bank Boshqaruvi tomonidan videoselektor tarzida 2020 yilni sarhisob qilgan holda bankning iqtisodiy, madaniy yuksalishiga, uning rivoji va obro‘sini oshirishga katta hissa qo‘shgan bir qator xodimlarni taqdirlash tadbiri onlayn o‘tkazildi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, 2021 yilda ham aholiga va mijozlarga keng ko‘lamli qulay va sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish, xizmatlarning yanada jozibador yangi turlarini taklif etish, tadbirkor va ishbilarmonlarning biznes-loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda faol ish olib boradi.