Yangiliklar
268
Yangi ikkita platforma ishga tushdi

Yangi ikkita platforma ishga tushdi

Xabaringiz bor, yaqinda “Agrobank” ATB tomonidan yangi ikkita loyiha - “Agromarkaz” va “Agrozamin – O‘zimizniki” platformalarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur taqdimot yakunida ommaviy axborot vositalari ishtirokida “Fermerlar maktabi”ning bir yillik faoliyati sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumani ham bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda bank Boshqaruvi tomonidan "Fermerlar maktabi" faoliyati, erishilgan yutuqlar va bu boradagi sa’y-harakatlar to‘g‘risida batafsil axborot berildi. Ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi. 

Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, bir yil davomida ushbu maktabda o‘qish istagini bildirgan 15 mingdan ortiq yoshlardan arizalar qabul qilindi. Test sinovlaridan o‘tgan 580 nafar tinglovchi esa bu yerda agrar tarmoqqa tegishli bilimlarini oshirib, bitiruvchi maqomiga ega bo‘ldi.

Bitiruvchilar ikki oylik o‘quv jarayonida o‘z biznes rejasini ishlab chiqadi va ularga maxsus sertifikatlar beriladi.  Bitiruvchilarning bilimlari oltin, kumush va bronza darajasida baholandi. Shu o‘lchovlar asosida imtiyozli kreditlar beriladi. Bitiruvchilarning faoliyati har uch oyda monitoring qilib boriladi. Shu tariqa ularning faoliyati ikki yil davomida nazoratda bo‘ladi.

"Agrobank" qishloq xo‘jaligi sohasida ham, davlat dasturlarini amalga oshirishda ham olg‘a intilmoqda. Bunda esa agrar tarmoqqa bilim yo‘naltirish va innovatsiyalar joriy etishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.