Yangiliklar
236

Ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazm viloyati Gurlan tumanining fermerlari Agrobank filialidan norozimi” sarlavhali videoxabar tarqatilgan. 

Videomurojaatda “Izzatbek Bunyodbek” fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan hisob-raqamiga tushgan mablag‘larni naqd pul ko‘rinishida ololmaganligi bayon etilgan.

Holat o‘rganilganda mazkur bank filiali ushbu fermer hisob-raqamiga kelib tushgan mablag‘ni o‘z muddatida naqd pul sifatida yechib berganligi ma’lum bo‘ldi.

Fermer xo‘jaligi rahbari bilan mas’ullar suhbatlashganda naqd pul olganligi hamda e’tirozi yo‘qligini bildirgan.