Yangiliklar
643
“Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni tantanali topshirildi

“Agrobank” ATB Bosh ofisida 2020 - yil 26 - avgustdagi “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq joriy etilgan “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan xodimlarga mukofotlarni tantanali topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda bank Boshqaruv raisi Rustam Mamatqulov ishtirok etib, ushbu mukofat bilan taqdirlangan bankning HR departament direktori o‘rinbosari Hulkar Xo‘janovani samimiy tabrikladi.

Ma’lumki, pandemiya hamda turli tabiiy ofat va favqulodda holatlarga qarshi kurashish, ularning oqibatlarini bartaraf etish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda faol ishtirok etgan yurtdoshlarimizni munosib taqdirlash maqsadida sog‘liqni saqlash vakillari, saxovatli tadbirkorlar, davlat va jamoat tashkilotlarining fidoyi xodimlari hamda boshqa tashabbuskor va faol fuqarolar “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni bilan mukofotlanishi belgilangan.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar kasbdoshini yuksak mukofat bilan qutlab, ushbu e’tirofga loyiq ko‘rilganlar orasida bankimizning shunday fidoiy xodimi mukofatlangan yurdoshlarimiz qatorida qayd etilgani, hozirgi sinovli davrda xalqimiz farovonligi yo‘lida qo‘shgan munosib hissasining e’tirofi ekanligini ta’kidlab o‘tishdi.