Yangiliklar
454
Saylov qonunchiligi bo‘yicha seminar tashkil etildi

Saylov qonunchiligi bo‘yicha seminar tashkil etildi

Shu yilning 24 oktyabr kuni mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Ushbu siyosiy tadbirga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish, fuqarolarga saylov qonunchiligi mazmun-mohiyatini tushuntirish, saylov bilan bog‘liq siyosiy jarayonlardan to‘laqonli xabardor qilish maqsadida bank xodimlari uchun seminar tashkil etildi. 

Tadbirda bosh ofis xodimlari bevosita, hududiy boshqarma va filiallar rahbarlari va barcha xodimlar ishtirok etdilar.

Seminarda Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra mudiri, yuridik fanlari doktori, professor Sh.Fayziyev ma’ruza qildi. Ma’ruzada O‘zbekiston Respublikasi Prezident saylovi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezident nomzodlariga qo‘yiladigan talablar, saylov huquqining prinsiplari, saylov kodeksining yaratilishi, tuzilishi va unga kiritilgan yangiliklar  mazmun-mohiyati hamda boshqa saylov bilan bog‘liq masalalar batafsil tushuntirildi.

Tadbir so‘ngida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.