Yangiliklar
270

«O‘zimiz haqimizda» ruknining bugungi sonida mamlakatimizning muhim iqtisodiy va madaniy mintaqasi hisoblangan Samarqand viloyati  haqida so‘z yuritsak.

Samarqand viloyati mamlakatimiz viloyatlari ichida aholi soni bo‘yicha birinchi o‘rinda (01.01.2022 yil holatiga  4.3 mln kishi) turadi. Qulay geografik joylashuvi tufayli tarixiy obidalari, boy tabiiy resurslari, qishloq xo‘jaligi, sayyohlik, sanoat, logistika va agrosanoat sohasidagi ilg‘or tajribalar izchil rivojlanmoqda.

 “Agrobank” ATBning Samarqand viloyati boshqarmasi tasarrufida 17 ta filial 9 ta bank xizmatlari markazi va 57 ta o‘z o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi 24/7 shaxobchasi mavjud.

Hudud aholisiga tezkor, sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish uchun 159 ta bankomat hamda 1 ta kartomat o‘rnatilgan. 

Boshqarma va filiallarida jami 750 nafardan ortiq xodim faoliyat yuritadi.

Boshqarma filiallari tomonidan 41 mingga yaqin yuridik, 625 mingdan ortiq jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. 

2021 yil Oqdaryo tumanida “Fermerlar maktabi” o‘z faoliyatini boshlagan. Mazkur maktabda 5 ta yo‘nalish bo‘yicha tinglovchilar tahsil olmoqda. 2021 yilda 68 nafar o‘quvchi bitirgan, shundan 6 nafari ayol 62 nafar erkaklar. 

Joriy yil mobaynida esa 38 nafar o‘quvchi fermerlar maktabini muvaffaqiyatli tamomlagan. Hozirda 26 nafarga yaqin tinglovchi maktabda nazariy va amaliy darslarda ishtirok etmoqda.

Shuningdek, fermerlar va dehqon xo‘jaliklari rahbar va xodimlari uchun qisqa muddatli intensiv o‘quvlar tashkil etilib, 2021 yilning o‘zida 655 nafar fermerlar o‘quvlarda ishtirok etgan. 2022 yilning hozirgi davriga qadar 4262 nafar fermerlar intensiv o‘quvlarda qatnashdi.

2022 yilda 14 ta “Agromarkaz”lar tashkil qilish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda  ushbu markazlarning 9 tasi o‘z faoliyatini boshlagan.

Joriy yilda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida boshqarma filiallari tomonidan jami 189 mrld. so‘m kredit mablag‘i  ajratilgan bo‘lib, shundan jismoniy shaxslarga 162 mlrd. so‘m, yuridik shaxslarga 27 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan. Buning natijasida 7500 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.