Yangiliklar
299

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Qashqadaryoda bank rahbari fuqarodan tirikligi to‘g‘risida ma’lumot so‘radi mazmundagi xabar tarqatildi.

Holat o‘rganilganda fuqaro A.J kredit olish maqsadida bankning Qarshi shahar filialiga 2021 yilda murojaat qilgan va ushbu fuqaro tomonidan kredit olish bilan bog‘liq hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan.

Shuni ham alohida qayd etamizki, bank mas’ullari tomonidan fuqaro A.J.dan uning tirikligini tasdiqlovchi ma’lumot so‘ralmagan, aksincha 2021 yilda shaxs haqidagi elektron ma’lumotlar bazasida A.J.ning vafot etgani qayd etilgani uchun tegishli FXDYO bo‘limidan buni inkor etuvchi ma’lumot olish mumkinligi tushintirilgan. 

Ayni shu fuqaro bilan bog‘liq Daryo.uz saytida 2019 yil 26 sentyabr, 2020 yil 22 yanvar, 2021 yil 11 noyabr kunlaridan turli maqolalar chiqarilgan. 

E’tiborli jihati, bankning mas’ul xodimlari ushbu fuqaro bilan o‘zaro suhbat jarayonida fuqaro A.J 2022 yil davomida kredit olish bo‘yicha bankka murojaat qilmaganligi hamda kreditga ehtiyoji yo‘qligini ma’lum qilgan. 

Shu o‘rinda, ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bankka tegishli ma’lumotlarni to‘liq o‘rganmasdan asoslanmagan, tekshirilmagan materiallarni tarqatmaslikni, bu holatlar qonunchilikda ko‘rsatilgan tegishli javobgarlikka olib kelishi mumkinligi haqida yana bir bor ogohlantiramiz.