Yangiliklar
584
Muxim bitimlar imzolandi

Poytaxtimizning “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida joriy yilning 26-27 noyabr kunlari MDHga a’zo davlatlarning II Xalqaro moliya-bank forumi bo‘lib o‘tdi.
 
Forum doirasida bank-kredit, investisiya, sug‘urta, qayta sug‘urtalash hamda lizing faoliyatlari bo‘yicha qator xalqaro konferensiyalar, ma’ruzalar va taqdimotlar o‘tkazildi. 

”Agrobank" ATB vakillari ham forumda ishtirok etib, o‘zaro manfaatli hamkorlik bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi.

Jumladan, Rossiya Federasiyasining “Transkapitalbank”i bilan 22 million Yevro miqdoridagi  moliyaviy kelishuvga erishildi va o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitim rasmiylashtirildi.

Birlashgan Arab Amirliklarining "Mashreqbank" bilan Yaqin Sharqdagi banklar o‘rtasida sindikatlangan kreditni tashkil etish yo‘nalishida 75 million AQSH dollarigacha bo‘lgan mablag‘ni jalb etish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi va savdo kreditini taqdim etishga bosh kelishuv imzolandi.

Mazkur forumda Xalqaro moliya institutlari bilan iqtisodiy aloqalarni kengaytirish bo‘yicha  muzokaralar ham olib borildi.