E'lonlar
296

Munosabat

Ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda “Agrobank” mansabdorlari byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgan sarlavhadagi xabarlarni joylashtirgan.

Vaziyat aslida qanday bo‘lgandi? Fuqaroning (ismi sharfi sir tutiladi) arizasiga asosan ta’minotchi “GCh” f\x tomonidan mahsulot yetkazib berilmayotganligi sababli Pastdarg‘om tuman huquq tartibot idorasiga ariza bilan murojaat qilgan.

Bank va huquq tartibot vakillari ishtirokida arizaga asosan ta’minotchi korxona “GCh”f\x kredit hisobiga chorva mollari yetkazib berilmaganligi yuzasidan tekshiruv o‘tkazgan. 

Tekshiruvda “GCh” f\x hisob raqamiga fuqarolardan “Har bir oila-tadbirkor” dasturi bo‘yicha kredit hisobidan tushgan mablag‘larni maqsadliligi to‘liq o‘rganilgan. 

“Agrobank”ATB Guzalkent filiali tomonida “GCh” f\x va 13 ta fuqaroga o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan 380,9 mln. so‘m kredit ajratilgan. 
Bank va departament xodimlari tomonidan 13 ta fuqaroga ajratilgan kreditlar joyiga chiqib o‘rganilganda 241,8 mln. so‘mlik chorva mollari kam yetkazib berilganligi ko‘rsatib o‘tilgan. 

Fuqarolar o‘zlari bankka kelib hujjatlarga imzo qo‘ygan (foto rasmlar mavjud), mahsulotni to‘liq olganligi bo‘yicha rozilik xatlari yozib berilgan. Fuqarolar bankka nisbatan e’tirozi yo‘qligini bildirgan. Departament tomonidan “GCh” f\x rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bankka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilmagan.

Bank ayrim ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoq faollaridan shu va shu kabi boshqa vaziyatlarni chuqur tahlil qilmasdan turib, xususan, voqe’liklarga bankning qanchalik aloqador ekanligini o‘rganmasdan turib, o‘z xabarlari va postlarida bank nomiga ortiqcha urg‘u bermaslikka, bir so‘z bilan aytganda xolis bo‘lishga chaqiradi.