E'lonlar
502

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda 21-noyabr kuni bankning Davlatobod filialiga qarashli 24/7 o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish bankomatlari ishlamayotganligi to‘g‘risida xabar tarqatildi.

Vaziyat o‘rganilganda aholi va mijozlarga tunu kun xizmat ko‘rsatadigan mazkur bankomatlar elektr tarmog‘idagi nosozliklar sabab UPS apparat larining vaqtincha ishdan chiqqanligi tufayli ishlamagani  ayon bo‘ldi.

Ushbu bankomatlar hozirda ish faoliyatida bo‘lib bank mijozlariga xizmat ko‘rsatmoqda.