E'lonlar
386

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqning “fecebook” sahifasida Surxondaryo viloyati Termiz shahri I.Karimov ko‘chasida joylashgan 134, 136 uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bank tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlari muddatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1 maydagi “Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4701-sonli qaroriga asosan 10 yildan 20 yilga uzaytirib berish bo‘yicha murojaat qoldirgan.

Ushbu holat o‘rganilganda, mazkur fuqarolarga bank o‘z mablag‘lari hisobidan 10 yil muddatga, 1 yil imtiyozli davr bilan yillik 18 foiz ustama haqi to‘lash sharti bilan ipoteka krediti ajratilgan. 

Pandemiya davrida mazkur fuqarolarga ipoteka kreditlarning asosiy qarz va foiz to‘lovlarining kechiktirib to‘lash bo‘yicha imtiyoz berilgan. 

Bankning viloyat boshqarmasi va filial mas’ullari tomonidan fuqarolar bilan suhbatda mazkur kreditlar bankning o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilganligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1 maydagi “Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4701-sonli qaroridagi bandlar (qarorining 4, 5 bandlariga Moliya vazirligining mablag‘lari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlarini muddatini 15 yildan 20 yilgacha uzaytirish ko‘zda tutilgan) faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5886-farmoniga asosan Moliya Vazirligi mablag‘lari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlariga tegishli ekanligi to‘g‘risida tushintirilgan.