Yangiliklar
750
Fermer xo‘jaliklari raxbar va ishchi hodimlari o‘quv kursi

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda yo‘lga qo‘yish, soha mutaxassislarini bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish haqida bir necha bora ta’kidlab kelmoqda. 
Bunda, oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlash va qishloq xo‘jaligida hosildorlikni keskin oshirish hamda har gektar yerdan olinadigan daromadni oshirib borilishiga ahamiyat qaratilmoqda.
Barchaga ma’lumki, joriy yilda Agrobank tashabbusi bilan Fermerlar maktabi tashkil etilib, 5 ta hududda Toshkent, Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Qoraqalpog‘iston respublikalarining 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar hozirda chorvachilik,  parrandachilik, sabzavot va polizchilik, uzumchilik, issiqxona xo‘jaligi, biznes, moliya va huquqiy savodlik hamda o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha taxsil olmoqda.
Kutib oling yangi tashabbus, Agrobank hamda Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamkorligida fermer xo‘jaliklari raxbar va ishchi hodimlari uchun intensiv o‘quv kursi tashkil etildi. 
Mazkur o‘quv kursi respublika bo‘ylab 80 mingga yaqin fermer xo‘jaliklarini qamrab olishni rejalashtirgan bo‘lib, fermerlar qishloq xo‘jaligi sohasidagi yangiliklar, zamonaviy texnika va texnologiyalar, yerdan unumli foydalanish, innovasion yechimlar, amaliyotda uchraydigan muammolarni bartaraf etishda mahalliy va xorijiy yondashuvlar bo‘yicha dastlabki bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. 

Hozirgi kundagi dolzarb va zarur bo‘lgan suvdan samarali foydalanish texnologiyalari, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashish usullari, chorvachilik va parrandachilik yo‘nalishida innovasion intensiv texnologiyalar, dehqonchilikda hosildorlikni oshirishning zamonaviy usullari, fermer xo‘jaligi menejmenti, tuproq unumdorligi, muammolari va uning sifatini yaxshilash chora-tadbirlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini terish, saqlash, ishlov berish va sotish, qishloq xo‘jaligi marketinggi mavzular o‘quv kurs davomida o‘qitib boriladi.
Loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Toshkent davlat agrar universitet, sohadagi oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot institutlari, Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligining O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish bo‘yicha milliy loyihasi, Qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro tashkilotlar hamkorlik qilmoqda.
Mazkur o‘quv kursi ko‘lami bo‘yicha mamlakatimizdagi eng yirik loyiha bo‘lib, bir vaqtning o‘zida respublikaning 13 ta hududida Agrobank viloyat boshqarmasi binolarida zamonaviy jixozlangan o‘quv xonalarida 100 dan ortiq yuqori malakali trenerlar jalb etilgan. O‘quv kursini yuqori darajada va sifatli tashkil etish maqsadida har bir hudud bo‘yicha menejerlar tanlab olingan holda 2021 yilning noyabr oyidan 2022  yilning yakuniga qadar tashkil etiladi. Har bir kurs davomida fermer va dexqonlarning malakasini oshirishga erishiladi. 
  O‘quv kursini har tomonlama qulay va zamonaviy tashkil etish maqsadida, kofe-breyk, tushlik, transport xizmati hamda olis hududlardan kelgan tinglovchilar uchun mehmonxona xizmatlari ham tashkil etilgan. 
Shuningdek, tinglovchilar xorij tajribasiga ega mutaxassislar tomonidan o‘tiladigan master-klasslarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Yanada qo‘laylik yaratish maqsadida o‘quv kursiga qatnashish istagida bo‘lgan fermerlar xo‘jaliklari raxbar va ishchilari telegramm bot orqali onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
@fermerlarkursi_bot
Tel:  95 500 80 01;  95 500 80 10;  95 194 80 01;