Yangiliklar
570

Alisher Navoiy - buyuk shoir va davlat arbobi

Buyuk shoir va mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiydan milliy madaniyatimiz va abiyotimiz uchun bebaho ijodiy-ilmiy merosi qolgan. 

Alisher Navoiyning buyuk va bebaho nodir adabiy asarlari asrlar osha dunyo xalqlarini ham o‘ziga jalb etib kelmoqda. 

Yurtimizda ham Navoiy ijodi doimiy o‘rganilib kelinmoqda.

“Agrobank” ATBning Bosh ofisida Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo so‘zga chiqib ulug‘ shoir Alisher Navoiyning she’riy va nasriy asarlaridagi yuksak badiiylik, ona tilimizning beqiyos jozibasi, so‘z boyligi,  ijodi va adabiy jarayonlari haqida fikr bildirib, g‘azallaridan o‘qidi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 oktyabrdagi “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori mazmun mohiyati to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tdi.
 
Bankning viloyat boshqarmalari va tuman filiallari xodimlari videokonferensiya tarzda “VKS” platformasi orqali ishtirok etdi.

Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir qizg‘in munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.