
Agrobankda sport tadbirlari o‘tkazilmoqda
Mamlakatimizda sport orqali aholi salomatligini yaxshilash, jismoniy faollikni oshirish borasida sezilarli amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi islohotlarda asosiy huquqiy hujjat bo‘lib xizmat qilmoqda.
“Agrobank” ATB tomonidan ham ushbu qonun hujjati asosida ishlar boshlab yuborilgan.
Soha xodimlarining salomatligini yaxshilash, ishchanlik holatini oshirish maqsadida doimiy tarzda belgilangan reja asosida “Salomatlik kuni” doirasida sport mashg‘ulotlari o‘tkazilib kelinmoqda.
Kuni kecha “Bouling” sport turi bo‘yicha xodimlar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi. Tadbirda bank xodimlari faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga o‘z hissalarni qo‘shdi.