Yangiliklar
466
Agrobank - Turkiya Eksimbanki bilan uzoq muddatli kredit kelishuvini imzoladi

Agrobank - Turkiya Eksimbanki bilan uzoq muddatli kredit kelishuvini imzoladi

Bugungi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan  islohotlar investisiya muhitiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.   

Koronavirus pandemiyasi xalqaro sheriklar bilan to‘laqonli aloqa qilish  imkoniyatini  cheklagan hamda karantin talablariga moslashish zaruriyatini  talab etayotganiga qaramay,  chet ellik hamkorlarning respublikamizga bo‘lgan qiziqishi pasayganicha yo‘q.

Agrobank va Turkiyaning Eksimbanki bilan o‘zaro moliyaviy hamkorlik kelishuvni bunga yaqqol misoldir.

Mazkur on-layn marosimda Agrobank  umumiy qiymati 25 mln AQSH  dollariga teng kredit shartnomasini imzoladi.

Shuni ta’kidlash joizki,  bank uchun bu  tarixiy voqea hisoblanadi, chunki  shunday nufuzli moliya muassasasi -  Turkiyaning Eksimbanki bilan tuzilgan ilk bitimdir. Turkiya texnologiyalari bizning bozorda o‘zining afzal jihatlarini namoyon etgani va  narx-sifat talablariga javob berishini hisobga olib,  ularga bo‘lgan talab oshmoqda, demak, bu ularni moliyalashtirish manbalariga bo‘lgan talabni paydo qilmoqda. 

Bugun har ikki bank tomonidan qo‘yilgan poydevor bank sohasida  har tomonlama hamkorlikni  rivojlantirish imkonini beradi. 

Ushbu kredit mablag‘larini  muvaffaqiyatli o‘zlashtirish  ko‘plab investisiya loyihalarini amalga oshirish hamda Respublikamizning ish o‘rinlariga muhtoj hududlarida  qo‘shimcha ish o‘rinlarini  tashkil qilishga yordam beradi.