Yangiliklar
432
Agrobank - raqamlashtirish jarayonida faol ish olib bormoqda

Agrobank - raqamlashtirish jarayonida faol ish olib bormoqda

Kundalik hayotimizda transfarmasiya, raqamlashtirish, masofaviy boshqarish strategiyasi rivojlanishning asosiy bosqichiga aylanib ulgurdi. Bugungi bozor talabi, iste’molchilar istagi zamonaviy axborot texnologiya yutuqlaridan samarali foydalanishni taqoza etmoqda.

Agrobank ham bank xizmatlarni raqamlashtirishga, masofaviy xizmatlar ko‘lamini oshirishga katta e’tibor berib kelmoqda.

Ushbu muhim tashabbuslarni amaliyotga joriy etishda bir qator zamonaviy xizmatlarni O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib hayotga tadbiq etib kelayotganligini e’tirof etishimiz o‘rinlidir.

Bank tomonidan yaqinda joriy qilingan shunday qulayliklardan biri kartomat qurilmasidir.

Mazkur qurilma orqali mijozlar qisqa vaqt rejimida, tunu kun bank xodimlarining yordamisiz, mustaqil ravishda Visa kartalarini olish imkoniyatini beradi.

Agrobank so‘nggi yillardagi mamlakatimizdagi bank xizmatlari sohasida birinchilardan bo‘lib taqdim qilgan xizmatlarini bir eslab o‘tsak:

- Sberbank bilan hamkorlikda Rossiyadan O‘zbekistonga, UzCard va Humo kartalariga pul o‘tkazish;

- Humo va UzCard kartalaridan Rossiya kartalariga pul o‘tkazish;

- Onlayn mikroqarz xizmati;

- Humo kredit kartalari;

- Multivalyutada Visa kartalari;

- Humo va Uzkart to‘lov tizimlarida Click bilan hamkorlikda kobrend kartalari;

- Yuridik shaxslar uchun onlayn-kreditlar;

- Mobil ilova orqali istalgan bankdagi hisob raqamlarga pul o‘tkazish xizmatilari shular sirasidandir.

Albatta, bankning eng asasiy maqsadi ham mijozlarga qulay, tezkor va sifatli zamonaviy bank xizmatlarni ko‘rsatishdir.