Yangiliklar
724
Agrobank ogohlantiradi!

Agrobank ogohlantiradi!

Firibgarlik sxemalariga asoslangan faoliyat deb gumon qilinayotgan agruz.website sahifasining "Agrobank" ATBga aloqasi yo‘qligi, shuningdek saytda keltirilgan ma’lumotlar haqiqatga mos kelmasligi to‘g‘risida ogohlantiramiz!

Bank mijozlaridan va boshqa fuqarolarimizdan Agrobank nomi tushirilgan turli xil norasmiy saytlar, telegram kanallar va guruhlar hamda boshqa tarmoqdagi manzillarga kirmasliklarini, ularda keltirilgan ma’lumotlarga ishonmasliklarini tavsiya qilamiz! Banklar bilan bog‘liq har qanday ma’lumotlarni bankning 1216-qisqa raqami orqali hamda agrobank.uz — rasmiy saytidan olishlari so‘raladi.

Bank matubot xizmati