Yangiliklar
776

"Agrobank" aksiyadorlik tijorat banki boshqaruv raisi R.U.Mamatkulovning  Yoshlar kuni munosabati bilan Bank yoshlariga yo‘llagan tabrigi

Aziz yoshlar, qadrli uka-singillarim!

Barchangizni yurtimiz hayotidagi qutlug‘ bayram — Yoshlar kuni bilan samimiy tabriklayman hamda ezgu tilaklarimni bildiraman. 

Ushbu bayram – kelajakka dadil qarayotgan, o‘z oldiga aniq maqsadlarni qo‘ygan, ilm sirlarini izchil o‘rganayotgan, bank sohasida tinmay izlanayotgan va mehnat qilayotgan yoshlar bayramidir.

Bugungi kunda “Agrobank” tizimida 2000 ga yaqin yoshlar faoliyat olib bormoqda, shundan 400 dan ortig‘i singillarimiz bo‘lsa,  qolgan 1600tasi zabardast ukalarimizdir.

Ta’kidlash joizki, keyingi paytlarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim asosida ishlar olib borilayotganligi, yosh yigit qizlarimiz bank hayotida o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotganini, shuningdek, bank tomonidan tashkil etilayotgan sport musobaqalarida yoshlarimizning faolligini barchamiz minnatdorlik bilan e’tirof etamiz.

Bilingki, bank faoliyatida erishilayotgan yutuqlar, egallanayotgan marralar, amalga oshirilayotgan yangi loyihalarning barchasida har biringizning alohida hissangiz bor va men buni juda qadrlayman.

Barchangizni «Yoshlar kuni» bilan yana bir bora samimiy tabriklab, yangi yutuqlar, baxt-omad tilayman.