E'lonlar
455

AGROBANK AKSIYADORLARI DIQQATIGA!

2021 yil 30 noyabr kuni soat 10:00 da “Agrobank” ATB Bosh ofisi binosida o‘z aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazadi.

Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 09:00 dan 10:00 gacha davom etadi.

Manzil: Toshkent shahri, Muqimiy ko‘chasi, 43-uy. Ye-mail: сenbum@agrobank.uz

KUN TARTIBI:
1.Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash. 

2.Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash. 

3.Bankning 2020 yil yakuni bo‘yicha taqsimlanmagan sof foydasini taqsimlash.

4.Bank Kuzatuv kengashi a’zosi Fozilkarimov Otabek Rustamovichni Kuzatuv kengashi tarkibidan chiqarish to‘g‘risida.
 
5. Bank Ustaviga o‘zgartirishlar kiritish.  

Yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 2021 yil 24 noyabr holatiga ko‘ra tuziladi.

Umumiy yig‘ilishga qatnashish va ovoz berish huquqiga ega aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlar vakillari esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan ma’lumot va xujjatlar bilan bank Bosh ofisi binosida ushbu e’lon berilgan kundan boshlab yig‘ilish o‘tkaziladigan kunga qadar soat 10:00 dan 16:00 gacha tanishingiz mumkin. 

Ma’lumot uchun telefon: (78) 150-85-12.

 “Agrobank” ATB Kuzatuv kengashi