
Yangi uylarga Ipoteka (birlamchi bozor)
17-18%
foiz stavkasi
20 yil
kredit muddati
Kredit oluvchiga qo'yiladigan talablar:
- ipoteka krediti kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʼlgan va 50 yoshdan oshmagan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi;
- qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzlari (jumladan olinadigan ipoteka krediti) boʼyicha oʼrtacha oylik toʼlovlari, yaʼni qarz yuki koʼrsatkichi miqdorining qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan oʼrtacha oylik daromadiga nisbati 70 foizdan yuqori boʼlmasligi;
- ipoteka krediti ajratish haqidagi arizani koʼrib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avval olgan kreditlari boʼyicha muddati oʼtgan qarzdorligi mavjud boʼlmagan jismoniy shaxslar ipoteka krediti olishlari mumkin.
Talab etiladigan hujjatlar:
- qarz oluvching (birgalikda qarz oluvching) pasporti asl nusxalari;
- uy-joy sotib olish uchun subsidiya taqdim etish toʼgʼrisida xabarnoma* (subsidiya oluvchilar uchun);
- pudrat tashkiloti bilan tuzilgan uy-joy sotib olish boʼyicha shartnoma;
- qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi) tomonidan oxirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlagan taqdirda–ishlangan davr uchun) olgan daromadlari toʼgʼrisidagi maʼlumotnomalari.
- Sotib olinayotgan uyning kadastr hujjatlari nusxasi;
- Boshlang'ich badalni to'laganligi to'g'risida tasdiqlovchi hujjat;
Kreditlar bo'yicha foiz stavkasi
Toshkent | 18% Yillik | |
Mamlakatning boshqa shaharlari | 18% Yillik | |
Qishloq joy | 17% Yillik | |
Boshlang'ich badal | Qishloq joylarda -10% | Shahar joylarda -20% |
* Agrobank tomonidan ko'p qavatli kvartira sotib olishga ajratiladigan Ipoteka kreditlari Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi pasaytirilgan taqdirda mutanosib ravishda kamayadi.
Boshlang'ich to'lovsiz ipoteka krediti olish mumkinmi?
yo'q. Boshlangich to'lovning eng kam miqdori 10% (qishloq joylarda).
*Kalkulyatordagi hisob-kitoblar birlamchi bo’lib, omonatning aniq shartlari bank filialida taqdim etiladi.
Kreditni qanday rasmiylashtirsam bo'ladi?
Online ariza rasmiylashtirish
Qisqa anketani to'ldiring va operatorlarimizdan javob kuting


Ofislar va bankomatlar
Eng yaqin filialni topish
