Ta'lim krediti

Ta'lim krediti

23%

foiz stavkasi

3 yil

kredit muddati

Shartnomada ko'rsatilgan miqdorda

kredit summasi

Kredit subyekti:

  • oliy o'quv yurtlariga 1 va 2-mutaxassisliklarga o'qishga kirgan yoki o'qiyotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bo'lgan (rezident) talabalarga;
  • oliy o'quv yurtlarining 1 va 2-mutaxassisliklariga o'qishga kirgan yoki o'qiyotgan, O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan talabalarning ota-onalari yoki vasiylariga.

Kerakli hujjatlar:

  1. ta’lim krediti olish to’g’risida ariza;
  2. Pasport va STIR nusxalari;
  3. talaba va oliy ta’lim muassasi o’rtasidagi to’lov-kontrakt asosida o’qish haqida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt);
  4. kreditni qaytarishning ta’minlanishi to’g’risida hujjat;
  5. mtiyozli ta’lim kreditlari olish huquqiga ega bo’lgan chin yetimlar, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlar, bolalikdan 1-chi va 2-chi guruh nogironlari, kam ta’minlangan oilalardan chiqqanlar tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.

Kredit ta’minoti

  1. qarz oluvchiga tegishli bo'lgan ko'char va ko'chmas mulk, shu jumladan qimmatbaho buyumlar yoki qimmatli qog'ozlar garovi;
  2. bank kafolati;
  3. uchinchi shaxs kafilligi;
  4. sug'urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytarmasligi xavf-xatarining sug'urta qilinganligi to'g'risidagi sug'urta polisi.

Kredit foizi

  • Chin etimlarga, "Mehribonlik uylari"da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga nol foiz stavkasi (foizsiz kredit);
  • Talabalarning qolgan toifalariga - 2020 yil 1 yanvardan boshlab foiz xarajatlarining bir qismini "Yoshlar - kelajagimiz" jamg'armasi mablag'lari hisobidan kompensatsiya qilish mexanizmidan foydalanish imkoniyati bilan bozor stavkalari belgilanadi.

Bank likvidlilikni boshqarish qo'mitasining 2020 yil 29 - iyundagi 75-sonli qaroriga asosan 23 foizdan ajratilishi belgilangan

Kredit miqdori va kredit ajratish davri:

Ta'lim shartnomasida ko'rsatilgan miqdorda ajratiladi, bunda:

  • yangidan qabul qilingan talabalar uchun birinchi yarim yillikda o'qiganlik uchun boshlang'ich to'lov joriy yilning 1 oktyabrigacha, ikkinchi yarim yillik uchun navbatdagi kalendar yilning 15 martigacha to'lanadi;
  • o'qishning ikkinchi yilidan boshlab kredit hisobiga to'lovlar har yarim yillik birinchi oyining (sentyabr va mart) 5-kunidan kechiktirilmay to'lanadi.

Kreditni qanday rasmiylashtirsam bo'ladi?

Online ariza rasmiylashtirish

Qisqa anketani to'ldiring va operatorlarimizdan javob kuting

Online ariza rasmiylashtirish
Kreditni rasmiylashtirish

Ofislar va bankomatlar

Eng yaqin filialni topish
Mobil ilova Telegram-bot

"Agrobank Mobile" mobil ilovasi

  • Uzcard, Visa, Humo kartalari o'rtasida pul o'tkazish
  • Valyutani onlayn sotib oling
  • Internetda kartalar, omonatlar va hisoblarni boshqarish
Logo App Store Лого Google Play

Telegram-bot "Agrobank Bot"

  • Agrobankga murojaatlarni jo‘natish
  • Valyuta kurslarini ko‘rib chiqish
Telegram-bot