• Ma'lumki, bankimizda komplaens nazorat tizimi joriy etilgan boʻlib, bank faoliyatida bajarilayotgan operatsiya va harakatlarni qonun talablariga, nazorat qiluvchi organlarning qoidalari va standartlariga, bank ichki meʼyoriy hujjatlariga, siyosat va kodekslariga muvofiqligini nazorat qilish hamda mijozni lozim darajada tekshirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish, korruptsiya holati va alomatlariga qarshi kurashish boʻyicha qonunchilik talablariga muvofiqligini, bankning ichki me'yoriy hujjatlari bilan belgilangan tartib va qoidalar, bank faoliyatida korporativ odob-axloq (etika) kodeksi talablariga rioya etilishini nazorat qilish ko'zda tutilgan

     

  • Tashkil qilingan Komplaens tizimi amaldagi meʼyoriy hujjatlar asosida ish yuritayotgan bank xodimlarining lavozim majburiyatlaridan qatʼiy nazar, rioya qilinishi lozim bo‘lgan, noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan korporativ madaniyat va qadriyatlarning elementlar toʼplami – Komplaens nazorat siyosati bilan tartibga solinadi 

 

  • Shuningdek, har bir mijoz Oʻzbekiston Respublikasi normativhuquqiy hujjatlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki meʼyoriy hujjatlari, bankning ichki qoidalari, bank va uning xodimlarini odob-ahloq meʼyorlari talablarini buzilganligi faktlari to‘gʻrisida oʻz faoliyatida duch kelgan boʻlsa, mazkur sahifa orqali xabar berish uchun bankning Komplaens boshqarmasiga shaxsan murojaat qilish imkoniyatiga ega 

 

  • Bizga qo‘ng'iroq qilishingiz yoki qayta aloqaga chiqish uchun ismi sharifingizni qoldirgan holda yozma ravishda murojaat yo'llashingiz mumkin. Biz barcha so‘rovlar ko‘rib chiqilishini kafolatlaymiz. Ma’lumotlar haqqoniyligini ta’minlang