ATB "Agrobank" yuridik shaxslarni milliy valyutada bo'sh pul mablag'larini depozitga qabul qilish shartlari. Bankka joylashtirilgan depozit miqdori cheklanmagan bo'lib, shartnoma imzolanishidan oldin talab va taklifdan kelib chiqqan xolda belgilanadi. Bankka joylashtiriladigan depozit va unga xisoblanadigan foizlar belgilangan muddatlarda to'lanilishi kafolatlanadi. Bankka joylashtirilgan yuridik shaxslarning muddatli depoziti bo'yicha qoshimcha malumotni bankning G'aznachilik departamentining quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin : +998 78 150 85 12
Eslatma:
Bankning depozit sertifikati — bankka qo'yilgan depozit summasini hamda o'rnatilgan muddat tugagandan so'ng depozit summasi va sertifikatda ko'rsatilgan foizlarning sertifikat egasiga to'lanishi huquqini tasdiqlovchi qimmatli qog'ozdir. Depozit sertifikat bo'yicha foizlar xar oy to'lanadi. Depozit sertifikat muddatidan oldin ham to'lanishi mumkin. Bunda muddatidan avval to'lovni talab qilingan sertifikat bo'yicha to'lanadigan depozit summasi va foizlari depozit sertifikat chiqarish shartlariga ko'ra, sertifikat bankka taqdim etilgandan so'ng amalga oshiriladi. Bank o'z mijozlariga pul mablag'larini bankning daromadli qimmatli qog'ozlariga — depozit sertifikatlariga joylashtirishni taklif etadi.
Depozit sertifikatlarining afzaliklari
- Mablag' qoyilgan muddat davomida o'zgarmaydigan, aniq belgilangan foyda (procent) stavkasi;
- Huquqlarning boshqa kishilarga berish imkoniyati;
- Sertifikat egasi bevosita bankdan yoki boshqa banklardan kredit ajratilishida sertifikatlangan garov taminoti sifatida foydalanish.
Oxirgi yangilangan sana:

