Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida o’zining muassasalariga ega bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.
Agrobank o’z faoliyati davomida asosiy urg’uni iqtisodiyotning agrar sektorini moliyalashtirish, aholining bo’sh pul mablag’larini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmog’i, xizmat turlari hamda mijozlari sonini ko’paytirish, bankning belgilangan beznes-rejasi va byudjetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan.
Kichik biznesni qo’llab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish Assotsiatsiyasining 5 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi bo'yicha loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirildi.
Agrobank va Osiyo Taraqqiyot Banki o’rtasida 20,0 mln. AQSh dollari miqdoridan iborat bo’lgan «Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish. II bosqich» loyihasi bo’yicha kredit shartnomasi imzolangan. Ushbu loyihaning maqsadi respublikada mikromoliyalashtirishni yanada rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek, Agrobank Osiyo Taraqqiyot Bankining savdoni moliyalashni qo’llab-quvvatlash dasturiga kiritilgan va revol’ver kredit to’g’risida kelishuv imzolangan.
«VISA International» xalqaro to’lov tizimiga prinsipal a’zolikka o’tish bo’yicha qator ishlar amalga oshirildi. Protsesning markazini tashkil etish bilan bir qatorda chipli plastik kartalarni emissiya qilish yo’lga qo’yildi.
Bank kichik biznesni rivojlantirish maqsadida KfV, YTTB, OTB va Xitoy Xalq Respublikasining Eksimbanki, Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish bankining (XTTB) kredit yo’nalishlarini jalb etgan.
Agrobankning xalqaro operatsiyalari xorijdagi va Respublika ichidagi 23 ta bankdagi vakillik hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, Agrobank S.W.I.F.T jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyatiga a’zodir.
Agrobank Osiyo Tinch okeani Qishloq va qishloq xo’jaligini kreditlash Assotsiatsiyasi (APRAKA) hamda Qishloq xo’jaligi krediti Xalqaro Konfederatsiyasi (KIKA)ning teng huquqli a’zosi hisoblanadi. 2010 yilning iyun oyida Toshkentda Agrobank ishtirokida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Qishloq va qishloq xo’jaligini kreditlash assotsiatsiyasi Bosh Assambleyasining 17-yig’ilishi va Ijroiya qo’mitasining 58-majlisi o’tkazildi. Ushbu tadbirlar doirasida qishloq xo’jaligini kreditlashda kredit tavakkalchiligini boshqarish bo’yicha konferensiya bo’lib o’tdi. Bosh Assambleya qaroriga muvofiq 2010–2012 yillar davomida APRAKAga raislik qilish vazifasini bajarish Agrobankka topshirildi.
Bank Kengashi:
F.I.Sh. | Egallab turgan lavozimi |
---|---|
Haydarov Axadbek Yaxyobekovich | O’zbekiston Respublikasi Moliya Vaziri o'rinbosari, Kengash raisi |
Rustamov Erkin Erkamovich | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, tadbirkorlikni qo'llab -quvvatlash va kambag'allikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudirining birinchi o'rinbosari Kengash a’zosi |
Darvishev Nurbek Muratovich | O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi, bo'limi boshlig'i Kengash a’zosi |
Abdullayev Shuhrat Sagdullayevich | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriligi, departament direktorining birinchi o'rinbosari - boshqarma boshlig'i Kengash a’zosi |
Ro'ziyev Fazliddin Kiranovich | O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi, boshqarma boshlig'i Kengash a’zosi |
Mamatqulov Ilhom Abdurashidovich | O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi, departament direktori Kengash a’zosi |
Mirzayev To'lqin Eshqobilovich | O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi , boshqarma boshlig'i Kengash a’zosi |
Xamraxudjayev Ne'matxon Yahyoxonovich | O'zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi boshqarma boshlig'i - mustaqil nomzod |
Dimitri Danilenko | Maddox Consultancy, London, UK/ Luxembourg Senior Principial Consultant - Mustaqil nomzod |
Bank Boshqaruvi:
Mamatqulov Rustam O'ktamovich
Boshqaruv Raisi
Telefon raqami
+998711407788Qabul jadvali: Juma (9: 00-12: 00)
Lavozimi
Boshqaruv Raisi
Tug'ilgan sanasi
1979
Tug'ilgan joyi
Jizzax viloyati, Paxtakor tumani
Millati
O'zbek
Bank sohasida ish staji
20 yil
Joriy lavozimida
2019 yil iyul oyidan
Ma'lumoti
- Oliy;
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti:
- Tugatgan yili: 2000;
- O'qish shakli: sirtqi;
- Mutaxassisligi: Suv xo'jaligda menejment.
Toshkent davlat iqtisodiot universiteti:
- Tugatgan yili: 2003;
- Mutaxassisligi: Moliya.
Rasulov Shuxrat Gayratovich
Boshqaruv raisining birinchi o’rinbosari
Telefon raqami
+998711208801Qabul jadvali: Juma (14:00-17:00)
Lavozimi
Boshqaruv raisining birinchi o’rinbosari
Tug'ilgan sanasi
1971
Tug'ilgan joyi
Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahri
Millati
O'zbek
Bank sohasida ish staji
26 лет
Joriy lavozimida
2019 yil iyul oyidan
Ma'lumoti
- Oliy;
Toshkent davlat agrar universiteti va Nukus filiallari:
- Tugatgan yili: 1993;
- O'qish shakli: kunduzgi;
- Mutaxassisligi: buxgalteriya hisobi, nazorat va xo'jalik faoliyati taxlili.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurulishi akademiyasi:
- Tugatgan yili: 1999;
- Mutaxassisligi: Bozor iqtisodiyotining asoslari va tamoyillari.
Qoraqalpoq davlat universiteti:
- Tugatgan yili: 2009;
- O'qish shakli: sirtqi;
- Mutaxassisligi: Yurispendensiya.
Amanov Ilyos Sidikovich
Boshqaruv raisining o’rinbosari
Telefon raqami
+998711208810Qabul jadvali: Dushanba-Chorshanba (14:00-17:00)
Lavozimi
Boshqaruv raisi o’rinbosari
Tug'ilgan sanasi
1965
Tug'ilgan joyi
Samarqand viloyati, Nurota tumani
Millati
O'zbek
Bank sohasida ish staji
32 yil
Joriy lavozimida
2019 yil iyun oyidan
Ma'lumoti
- Oliy;
Marg'ilon xisob-kredit texnikumi:
- Tugatgan yili: 1986;
- O'qish shakli: kunduzgi;
- Mutaxassisligi: Davlat omonat kassalarida hisob, moliya va kredit.
Toshkent moliya istituti:
- Tugatgan yili: 1995;
- O'qish shakli: sirtqi;
- Mutaxassisligi: Davlat omonat kassalarida hisob, moliya va kredit.
To'rayev Azamat Shuxratovich
Boshqaruv raisining o'rinbosari
Telefon raqami
+99871 203 88 88Qabul jadvali: Seshanba - Payshanba (14:00-17:00)
Lavozimi
Boshqaruv raisining o’rinbosari
Tug'ilgan sanasi
1986
Tug'ilgan joyi
Buxoro viloyati, Shofirkon tumani
Millati
O'zbek
Bank sohasida ish staji
13 yil
Joriy lavozimida
2020 yil noyabrdan
Ma'lumoti
- Oliy;
Mutaxassisligi:
Mutaxassisligi: buxgalteriya hisobi va audit (bojxona ishi, bank ishi);
Toshkent Moliya instituti
- Tugatgan yili: 2006;
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining magistraturasi :
- Tugatgan yili: 2008 ;
O'zbekiston Respublikasi Bank - moliya akademiyasi:
- Tugatgan yili: 2017;
Yuldoshov Akrom Oblakulovich
Bosh buxgalter - Bosharuv raisining o'rinbosari vazifasini vaqtincha boshqaruvchi
Telefon raqami
+998712028008Ichki no'mer: 11003
Seshanba - Payshanba ( 09.00-12.00)
Lavozimi
Bosh buxgalter - Bosharuv raisining o'rinbosari vazifasini vaqtincha boshqaruvchi
Tug'ilgan sanasi
1984
Tug'ilgan joyi
Toshkent viloyati, Bokinskiy tumani
Millati
O'zbek
Bank sohasida ish staji
12 yil
Joriy lavozimida
2019 yil iyul oyidan
Ma'lumoti
- Oliy;
Toshkent arxitektura qurilish instituti:
- Tugatgan yili: 2004;
- O'qish shakli: kunduzgi;
- Mutaxassisligi: Injenerlik kommunikatsiyalari qurilishi.
Toshkent moliya instituti:
- Tugatgan yili: 2009;
- O'qish shakli: sirtqi;
- Mutaxassisligi: Buxgalteriya hisobi va audit.
Saipov Jamshid Akbarovich
Yuridik departament direktori - Boshqaruv a'zosi
Telefon raqami
+998711208811Ish kunlari
Lavozimi
Yuridik departament direktori - Boshqaruv a'zosi
Tug'ilgan sanasi
1979
Tug'ilgan joyi
Toshkent viloyati, O'rta Chirchiq tumani
Millati
O'zbek
Bank sohasida ish staji
16 yil
Joriy lavozimida
2015 yil avgust oyidan
Ma'lumoti
- Oliy;
Toshkent davlat yuridik instituti:
- Tugatgan yili: 2001;
- O'qish shakli: kunduzgi;
- Mutaxassisligi: Huquq.
Agrobank o‘z faoliyati jarayonida iqtisodiyotning real sektorini moliyalashtirish, aholining erkin pul mablag‘larini bank aylanmasiga jalb etish, filiallar tarmog‘i va mijozlar bazasini oshirish, xizmat turlarini oshirish, bank biznes-rejasi va byudjetining belgilangan asosiy parametrlarini bajratish masalalariga asosiy e’at beradi.
Ta’kidlash joizki, Agrobank rivojlanish uchun katta salohiyatga ega bo‘lgan respublikamizning eng yirik tijorat banklaridan biri sifatida iqtisodiyotning real sektorini, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tarmog‘ini har tomonlamoqda ham.
Agrobank o‘z faoliyati jarayonida iqtisodiyotning real sektorini moliyalashtirish, aholining erkin pul mablag‘larini bank aylanmasiga jalb etish, filiallar tarmog‘i va mijozlar bazasini oshirish, xizmat turlarini oshirish, bank biznes-rejasi va byudjetining belgilangan asosiy parametrlarini bajratish masalalariga asosiy e’at beradi.
a’kidlash joizki, Agrobank rivojlanish uchun katta salohiyatga ega bo‘lgan respublikamizning eng yirik tijorat banklaridan biri sifatida iqtisodiyotning real sektorini, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tarmog‘ini har tomonlamoqda ham.
Agrobank o‘z faoliyati jarayonida iqtisodiyotning real sektorini moliyalashtirish, aholining erkin pul mablag‘larini bank aylanmasiga jalb etish, filiallar tarmog‘i va mijozlar bazasini oshirish, xizmat turlarini oshirish, bank biznes-rejasi va byudjetining belgilangan asosiy parametrlarini bajratish masalalariga asosiy e’at beradi.
2020
2019
2018
Bank missiyasi
Bank tarixi
- 1988 yil - Bank 1988 yil 1 yanvarda O'zSSR Davlat banki asosida SSSR Agroprombankining bo'linmasi sifatida O'zSSR Agroprombank nomi bilan va respublikada 155 filiali bilan tashkil etilgan.
- 1990 yil - 18.07.1990 yildagi SSSR Vazirlar Maxkamasining №703 sonli qaroriga asosan Agroprombank SSSR tizimidan ajralib chiqqan xolda mustaqil yopiq aksionerlik jamiyati sifatida yangi O'zbek aksionerlik tijorat bank "Uzagroprombank" tashkil etish to'g'risidagi qaror qabul qilindi.
- 1993 yil - mamlakatning tarixida birinchi marta "Uzagroprombank" tomonidan Turkiya "Ziroat Banki" bilan birgalikda "UT Bank - O'zbekiston - Turkiya" qo'shma banki ta'sis etildi.
- 1994 yil - "Uzagroprombank" birinchi bo'lib nominal qiymati 1000 so'mlik bo'lgan 100 mln so'mlik aksiyalarni chiqardi.
- 1995 yil - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 27 iyuldagi №294-sonli qarori asosan yopiq aksiyadorlik tijorat banki "Uzagroprombank" asosida yangi ochiq aksiyonerlik tijorat banki "Agrobank" tashkil etildi.
- 1997 yil - "Paxta-Bank" SWIFT OATB jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyati a'zoligiga qabul qilindi.
- 1998 yil - OATB "Paxta Bank" Osiyo-Tinch okeani qishloq xo'jaligini kreditlash assotsiatsiyasining (APRAKA) a'zosi bo'ldi.
- 1999 yil - OATB "Paxta Bank" qishloq xo'jaligini kreditlash Xalqaro Kenfederatsiyasi (KIKA) ning teng huquqli a'zosiga aylandi .
- 2000 yil - Evropa tiklanish va taraqqiyot banki keridt linyasini jalb etish bo'yicha bitm imzoladi.
- 2001 yil - "Paxta Bank"ning birinchi plastik kartochkasi joriy qilindi.
- 2001 yil - Eksimbank va Xitoy Xalq respublikasining kredit liniyasi ochildi.
- 2003,2004,2007,2008,2009 - Britaniyaning "FT Business Financial Times" gazetas va "The Banker" jurnali fikriga binoan bank O'zbekiston respublikasida "Yil banki" sifatida tan olindi.
- 2007 yil - "Paxta Bank" O'zbekiston Respublikasidagi tijorat banklar ichida birinchi bo'lib Fitch Ratings xalqaro reyting kompaniyasining to'liq xalqaro reytingini olishga muvaffaq bo'ldi.
- 2008 yil - Axolining omonatlarini jalb qilish bo'yicha banklar aro tanlovda "Eng yaxshi emitent bank" nominatsiyasi bo'yicha Paxtabank 1 - o'rin soxibi bo'ldi hamda "Qishloq joylarida joylashgan axoli omonatlarini jalb qilish bo'yicha yilning eng yaxshi bank filiali" nominatsiyasi bo'yicha "OATB Paxtabank"ning Chust filiali 1 - o'rin soxibiga aylandi hamda diplom va bosh sovrin "Damas" avtomabili bilan taqdirlandi.
- 2009 yil - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.03.2009 yildagi №101084-sonli qaroriga asosan OATB "Paxta-Bank" asosida ochiq aksiyadorlik tijorat banki "Agrobank" tashkil etildi.
- 2010 yil - Kichik biznesni qo'llab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish uyushmasining 5 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ochildi va loyihalarni moliyalashtirish boshlandi.
- 2013 yil - Turkiyaning "Ziroat" bankidan 5 million AQSh dollari miqdorida kredit linyalari jalb qilinishi bo'yicha shrtnoma imzolandi.
Boshqaruv raisi murojaati
Hurmatli aksiyadorlar! Muhtaram xonimlar va janoblar!!
Mamlakatimizda olib borilayotgan moliya-bank tizimidagi islohotlar natijasida bugun yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan bank muassasalari katta- kichik sanoat korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, dehqon hamda fermer xo‘jaliklarining eng ishonchli hamkoriga aylandi.
Negaki, yalpi ichki mahsulot hajmi, aholi real ish haqi va daromadlarining o‘sishida, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon bozorida o‘z xaridoriga ega bo‘lishida, ijtimoiy ob’ektlar hamda turar-joy binolari barpo etishdek keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarida qo‘lga kiritilayotgan ulkan yutuqlarda aynan bank muassasalarining moliyaviy ko‘magi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shuningdek, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, dehqon va fermer xo'jaliklari faoliyatini rivojlantirish hamda aholining ish bilan bandligini ta'minlashga qaratilgan hukumat tadbirlarida to'laqonli ishtirokchisiga aylanib ulgurdi.
Agrobank o‘z infratuzilmasi bilan mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab olgan bo‘lib, mijozlarga o’zining 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali orqali xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Boshqacha aytganda, bugungi kunda Agrobank tomonidan 256 mingdan ortiq yuridik hamda 2.4 millionga yaqin jismoniy shaxslarga zamonaviy bank xizmatlari ko‘rsatilayapti. Respublikamiz bank sektorida Agrobank kapitali hajmi va filiallar tarmog‘i soni bo‘yicha ikkita hamda aktivlar miqdori bo‘yicha uchta eng yirik banklar qatoriga kiradi.
Shuni mamnuniyat bilan aytish joizki, bank faoliyati jahonning nufuzli xalqaro reyting agentliklari hisoblanmish “Moody's” hamda “Fitch Ratings” kompaniyalari tomonidan “barqaror” deb baholandi. Shuningdek, milliy reyting agentligi hisoblanmish “Ahbor-Reyting” tomonidan Agrobankning faoliyati natijalari milliy ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng yuqori “uzA+” “Barqaror” prognozi bilan baholandi.
O‘tgan hisobot yilida bank tomonidan agrar kompleksni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, sanoatda ishlab chiqarishni ko‘paytirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, fermer xo’jaliklarini moliyalashtirishga asosiy e’tibor qaratilib, ushbu yo'nalishlarga 2 trln. 464 mlrd. so‘mdan ortiq kreditlar ajratilib, pirovardida 37 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.
Shuningdek , qishloq joylarda ishlab chiqarishni kengaytirish va infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga 760 mlrd. so’mlik kreditlar ajratildi.
Yuqorida qayd etib o‘tilgan yutuqlar zamirida aksiyadorlarimiz, mijozlarimiz hamda bank o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga asoslangan haqiqiy hamkorlik yotadi desam aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
So‘zimning yakunida shuni alohida qayd etmoqchimanki, joriy yilda ham bank o‘z biznes-rejasida belgilangan natijalariga erishgan holda barqaror faoliyat yuritib, mamlakat taraqqiyoti hamda xalq farovonligi yo‘lidagi qator ustuvor vazifalarni amalga oshiradi.
Boshqaruv raisi